Xalqaro konferentsiya AEGIS-2022

«Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari(AEGIS-2022)»

image

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

  • Qishloq xo‘jaligi texnikasi va energetika vositalari, yashil energiya tizimlari

  • Biomuhandislik va chiqindilarni qayta ishlash

  • Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va konservatsiya qilish

  • Tuproq, tuproq melioratsiyasi va ishlov berish texnologiyalari

  • Tabiiy resurslar va geotexnikaviy muhandislik
image

«Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2022)» halqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida
(Toshkent, 2022 yil 15-16 iyul)

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida Ayova shtati universiteti, Shimoliy Dakota shtati universiteti va Ogayo shtati universiteti (AQSH), Ondokuz Mayis universiteti va Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Malayziya texnologik universiteti (Malayziya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Bangladesh qishloq xo‘jaligi universiteti (Bangladesh), Seyfulin nomidagi Qozoq agrar-texnika universiteti va Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston) olimlari bilan hamkorlikda 2022 yil 15-16 iyul kunlari «Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2022)» halqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.
image

Asosiy sanalar:

  • Maqolalarni qabul qilish – 2022 yil 10 iyulgacha

  • Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2022 yil 12 iyulgacha.

  • Tashkiliy badalni to‘lash – 2022 yil 15 iyulgacha.

  • Konferensiyani o‘tkazish – 2022 yil 15-16 iyul.

Tashkiliy qo'mita

Mirzaev Baxodir Suyunovich

Rais

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor (Toshkent, O‘zbekiston)

Sultonov Toxirjon Zokirovich

Qo'mita a'zosi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor (Toshkent, O‘zbekiston)

Saloxidinov Abduxakim Temirovich

Qo'mita a'zosi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti halqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor (Toshkent, O‘zbekiston)

Shavazov Qodirjon Achilovich

Qo'mita a'zosi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent (Toshkent, O‘zbekiston)

Astanaqulov Komil Dullievich

Qo'mita a'zosi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori (Toshkent, O‘zbekiston)

Ilmiy-dasturiy qo‘mita

profile

Brayn Styuart, Ayova shtati universiteti “Agro-bioinjeneriya» kafedrasi professori (AQSH).

profile

Thomas Bon, Shimoliy Dakota shtati universiteti “Agro-bioinjeneriya» kafedrasi professori (AQSh).

profile

Paulo Flores, Shimoliy Dakota shtati universiteti “Agro-bioinjeneriya» kafedrasi professori (AQSh).

profile

Kursat Demiryurek, Ondokuz Mayis universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi professori (Turkiya).

profile

Uygun Aksoy, Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi raisi (Turkiya).

profile

Aini Suzana Ariffin, Malayziya texnologik universiteti Ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyat markazi professori (Malayziya).

profile

Pavel Vitliemov, Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti kafedra mudiri, professor (Bolgariya).

profile

Rafiq Islam, Ogayo shtati universiteti Janubiy tadqiqot markazi loyihalar koordinatori (AQSh).

profile

Peter Ling, Ogayo shtati universiteti “Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va bio-muhandislik” kafedrasi professori (AQSh).

profile

Xin Sun, Shimoliy Dakota shtati universiteti “Agro-bioinjeneriya» kafedrasi professori (AQSh).

profile

Sulaymon Eshkabilov, Shimoliy Dakota shtati universiteti “Agro-bioinjeneriya» kafedrasi professori (AQSh).

profile

Kenjemirza Baymaxanov, Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti “Suv resurslari, yerdan foydalanish va agrotexnika” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi (Qozog‘iston).

profile

Esenali Kaspakov, Seyfulin nomidagi Qozoq agrotexnika universiteti “Agrar texnika va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi (Qozog‘iston).

profile

Mohammad M.R. Jahangir, Bangladesh agrar universiteti “Tuproqshunoslik” kafedrasi professori (Bangladesh),.

profile

Jasur Safarov, professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti dekani (O‘zbekiston).

profile

Komil Astanaqulov, texnika fanlari doktori, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi mudiri (O‘zbekiston).

Konferentsiya dasturi

2022 yil uchun dastur konferentsiya boshlanishidan oldin joylashtiradi


Konferentsiya materiallarini nashr etish

Konferentsiya materiallari Scopus ma'lumotlar bazasi tomonidan indekslangan jurnalida nashr etiladi


Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar:

Konferensiyada ishtirok etish uchun tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ingliz tilida ravon yozilgan va quyida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan maqolalar qabul qilinadi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiyaning yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak.

Barcha maqolalar taqrizdan o‘tkazilib, ko‘chirmachilik (plagiat) va ortiqcha o‘ziga-o‘zi havola berish hamda rasmiylashtirishga mosligi va originalligi bo‘yicha tekshiriladi. Taqrizdan oʼtgan maqolalar Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallardan birida chop etish uchun qabul qilinadi. Koʼchirmachilik (plagiat)ga tekshirish yakuniy bosqichda toʼlov qilingandan soʼng jurnal muharrirlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlanib chetlashtirilgan maqolalarning badal pullari mualliflarga qaytarilmaydi.

Chop etishga yuborilgan maqolalarni yozishning rasmiy tili – ingliz tili. Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnalda chop etiladi. Konferensiyada bevosita va sirtdan ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar jurnalda chop etish uchun maqolalarini Morressier sistemasi orqali taqdim etishlari so‘raladi. Morressier dastur qo'llanmasi


Konferentsiya materiallari shablonlari


Tashkiliy badal

Bevosita qatnashish

130

Sirtdan qatnashish

130

Ma'ruzasiz qatnashish

0

Nashr ishlari bo‘yicha hamkor tomonidan maqolalarni ingliz tiliga tarjima xizmati ko‘rsatiladi. Tarjima xizmati uchun to‘lov maqolalar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Buning uchun maqolani aegis2022@tiiame.uz elektron manziliga yuborish so‘raladi va sizga tarjima xizmati bo‘yicha xabar jo‘natiladi.


Konferentsiya natijalari

Konferentsiya natijalari materiallar chop etilgandan so'ng joylashtiriladi.

Institut manzili:

100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi 39

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti-milliy tadqiqot universitet

Mas’ullar:

TIQXMMIdan:
Astanaqulov Komil Dullievich, “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi mudiri,
tel.: +99871-237-19-07; mob.: +99897-130-45-74.
e-mail: komiljon.astanaqulov@gmail.com